Foto: Reuters /Aly Song
Qozog‘iston hukumatida ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonga qaytarilganlarning 80 nafarini talabalar tashkil qiladi.
“2 fevralda Qozog‘iston fuqarolari sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash maqsadida sog‘liqni saqlash vazirligining Shoshilinch tibbiyot milliy muvofiqlashtirish markazi Uxanda qolayotgan 83 qozog‘istonlikni vatanga qaytardi”, deyilgan xabarda.
Parvoz vaqtida qozog‘istonliklarga barcha himoya vositalari bilan ta’minlangan tibbiy xodimlar hamrohlik qilgan. Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonga yetkazilganlarning sog‘liqlari tekshirilgach, ular poytaxtdagi ko‘p tarmoqli shifoxonaning maxsus ajratilgan korpusida 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Ushbu shifoxona Nur-Sultondan 7 km uzoqlikda joylashgan.
“Shifoxona barcha zarur bo‘lgan infeksion xavfsizlik texnologiyalari, zamonaviy diagnostik, davolash va jonlantirish qurilmalari bilan jihozlangan, zarur sondagi tibbiy xodimlar bilan ta’minlangan. Bu yerda evakutsiya qilingan fuqarolar qo‘shimcha ko‘rikdan, birinchi navbatda, koronavirus yuqtirganlikka testdan o‘tkaziladi. Karantin vaqtida ular bilan xavfli infeksiyalar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lgan tibbiy xodimlargina muloqotda bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi