
Foto: Al Arabiya
Harbiy kolonna Suriya chegarasini kesib o‘tgan. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi
Ta’kidlanishicha, kolonnada bir necha o‘nlab zirhli texnika, jumladan tanklar bor. Suriyaning Idlib viloyati shimolida joylashgan Kafr-Lusayn nazorat-o‘tkazish punkti orqali kamida 40 ta zirhli mashina va tanklar olib kirilgan.
Ayni vaqtda harbiy texnika qayerga olib ketilayotgani noma’lum.
Avvalroq turkiyalik harbiylar Idlibdagi Saroqib shahri yaqinida yangi blokpost o‘rnatishayotgani ma’lum qilingan. Natijada shaharning shimol, janub va sharqida blokpostlar joylashadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an joriy haftada Rossiyani Suriya bo‘yicha kelishuvlarga amal qilmayotganlikda ayblagan va Moskva Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqmasa, Turkiya o‘zi mustaqil harakat qilishini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar