
Foto: «Ktk.kz»
Qozog‘iston koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 3,5 milliard tenge (9,2 million dollar) ajratdi, deya xabar berdi respublika moliya vaziri Alixon Smailov. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Avvalroq respublika bosh vazir o‘rinbosari Berdibek Saparbayev Qozog‘iston hukumati koronavirus infeksiyasiga qarshi himoya vositalarini xarid qilish uchun 1,5 milliard tenge (3,9 million dollar) ajratganini ma’lum qilgandi.
«3,5 milliard tenge ajratildi», — deydi Smailov jurnalistlarga bergan intervyusida. Uning izohlashicha, bunga XXRdan respublika fuqarolarini evakuatsiya qilish, dori-darmonlar, teplovizorlar va boshqa asbob-uskunalarni xarid qilish xarajatlari ham kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing