Istanbuldagi Sabiha Gyokchen aeroportiga qo‘nish vaqtida bortida 177 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi.
Bu haqda CNN Turk nashri xabar berdi. Pegasus Airlines aviakompaniyasining Izmirdan Istanbulga reys bajargan Boeing 738 samolyoti qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lakchasida to‘xtay olmay, undan chiqib ketgan va natijada uchga bo‘laklanib, yonib ketgan.
Samolyot bortida 171 yo‘lovchi va ekipajning 6 a’zosi bo‘lgan. Hech kim halok bo‘lmagan, biroq 52 kishini shifoxonaga jo‘natishga to‘g‘ri kelgan. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.
Dastlabki taxminga ko‘ra, falokatga samolyotning qo‘nishi vaqtidagi kuchli shamol sabab bo‘lgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 18 atrofida yuz bergan voqeadan keyin aeroportda parvozlar vaqtinchalik to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi