08:10 / 06.02.2020
3 031

Bill Geyts fondi koronavirusga qarshi kurashish uchun 100 million dollargacha mablag‘ ajratadi

Bill Geyts fondi koronavirusga qarshi kurashish uchun 100 million dollargacha mablag‘ ajratadi
Avvalroq fond koronavirusning Xitoy va Afrika mamlakatlarida tarqalishining oldini olish uchun 10 million dollar ajratishi ma’lum qilingandi.

Microsoft kompaniyasi asoschisi, milliarder Bill Geyts va uning turmush o‘rtog‘i Melinda Geyts fondi (Bill & Melinda Gates Foundation) koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 100 million dollargacha mablag‘ ajratadi. Bu haqda sayt fondida xabar qilindi.

Avvalroq fond koronavirusning Xitoy va Afrika mamlakatlarida tarqalishining oldini olish uchun 10 million dollar ajratishi ma’lum qilingandi.
"Bugun Bill va Melinda Geyts fondi 2019-nCoV yangi koronavirusiga qarshi global kurash uchun zudlik bilan 100 million dollargacha ajratishini e’lon qildi", - deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, fond koronavirus yuqtirgan insonlarni "tekshirish, izolyatsiya qilish va davolash ishlarini tezlashtirish hamda kasallik tarqalishining oldini olish uchun 20 million dollargacha" ajratadi. Mablag‘lar Xitoy va kasallik aniqlangan boshqa davlatlarning sog‘liqni saqlash organlariga taqdim etiladi.

Bundan tashqari, Afrika va Janubiy Osiyodagi muhtoj aholini himoya qilish uchun 20 million dollargacha mablag‘ ajratiladi.
Yana 60 million dollargacha mablag‘ 2019-nCoV koronavirusini davolash va diagnostika qilish bo‘yicha ishlanmalar va vaksinalarni sinovdan o‘tkazishga ajratiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus yuqtirganlar soni 24,3 ming kishidan oshib ketgan, 490 kishi vafot etgan, Hongkongda bir kishi vafot etgan. Dunyoning boshqa davlatlarida 170dan ortiq kishi kasallikka chalingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts fondi koronavirusga qarshi kurashish uchun 100 million dollargacha mablag‘ ajratadi