date
views 3 728

Turkmanistonda 40 yoshdan oshgan erkaklar oqargan sochlarini bo‘yashi taqiqlandi

Turkmanistonda 40 yoshdan oshgan erkaklar oqargan sochlarini bo‘yashi taqiqlandi
Foto: «Google.com»
Turkmanistonning Lebap viloyatida 40 yoshdan oshgan erkaklar oqargan sochlarini bo‘yashi taqiqlandi. Bu haqda «Azatlik» radiosi manbalariga asoslanib xabar berganini "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Buyruq Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning viloyatga tashrifi chog‘ida og‘zaki ravishda berilgan.

Qarorga muvofiq, barcha ixtisoslashgan joylarda, jumladan maktablarda, sog‘liqni saqlash muassasalarida ishchilarga sochlarining tabiiy rangini tiklash buyurilgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, agar mintaqaga Turkmaniston rahbari kelsa, u bilan faqat «oq sochli odamlar» uchrashishi mumkin.

Avvalroq, Turkmaniston prezidentining ot va it zotlariga bag‘ishlab qo‘shiq kuylagani, kitob yozgani, harbiylarga jismoniy mashg‘ulotlar bo‘yicha master-klass o‘tib bergani omma e’tiborini tortgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda 40 yoshdan oshgan erkaklar oqargan sochlarini bo‘yashi taqiqlandi