Foto: AP
AQSH Xitoy va koronavirus qayd etilgan boshqa mamlakatlarga kasallikka qarshi kurashish uchun 100 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.
Xitoy esa virusni davolash uchun quriladigan kasalxonalarga 43,2 million dollar mablag‘ ajratadi.
«Amerika xususiy sektorlari tomonidan xayr-ehson qilingan yuz millionlab dollar AQSH rahbariyatining infeksiyaga qarshi kurashish yo‘lidagi majburiyatini namoyon etadi», — deydi Pompeo. Hujjatda keltirilishicha, AQSH joriy hafta Xitoyga 17,8 tonna himoya vositalarini yuboradi. Ular orasida tibbiyot niqobi, xalat, doka, respirator va boshqa zaruriy vositalar bor.
Avvalroq Bill va Melinda Geyts fondi koronavirusga qarshi kurashish uchun 5 million dollar ajratdi. Yanvar oyining oxirida xitoylik milliarder va Alibaba asoschisi Jek Ma 100 million yuan (14,4 million dollar) ajratgan. Shuningdek, Baidu, Tencent va ByteDance kabi boshqa yirik texnologik kompaniyalar 115 million dollar mablag‘ni yangi dori vositalarini yaratish va jabrlanganlarga yordam ko‘ratish uchun ajratdi. Apple ham koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishni va’da qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi