
Mashhur kinoaktyor Jeki Chan koronavirusga davo topgan odamga bir million yuan mukofot va’da qilmoqda, deb yozadi "Xabar" nashri.
Aktyor bu mukofot kasalga davo topishni tezlashtirishidan umidvor. U shuningdek Xitoyga tibbiyot niqoblari va himoya kiyimi yetkazib berish uchun ham xayriya amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9 fevral holatiga ko‘ra Xitoyda koronavirus bilan kasal bo‘lganlar 37 ming kishidan oshgani aytilmoqda. Vafot etganlar soni esa 811 nafarga yetgan. Jons Xopkins universiteti tomonidan ma’lum qilinishicha, butun dunyo bo‘ylab bugungi kunda virusdan zararlanganlar 37.5 ming kishidan iborat. Bu kasaldan tuzalganlar esa 2.6 ming kishidan oshgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar