date
views 3 070

Rossiya prezidenti administratsiyasida grim qilib yuzdan shaxsni aniqlash tizimini aldashga uringan 4 nafar odam fosh bo‘ldi

Rossiya prezidenti administratsiyasida grim qilib yuzdan shaxsni aniqlash tizimini aldashga uringan 4 nafar odam fosh bo‘ldi
Foto: Facebook/Katrin Nenasheva
Rossiya prezidentining administratsiyasida inson yuzini skanerlash orqali uning shaxsini aniqlash tizimini grim qilib aldashga uringan to‘rt nafar odamning harakatlari fosh qilindi. Bu haqda «OVD-Info» xabar tarqatgan.

Ushbu harakat «qoidaga zid aksiya» deb baholanmoqda.
Fevral boshida bir guruh rassomlar «Sleduy» («Amal qil») aksiyasi boshlanganini bildirgan.

«Ushbu harakatning maqsadi — data-fobiya, ya’ni ma’lumotlar bazasiga tushib qolishdan qo‘rquvchi moskvaliklarga identifikatsiyadan o‘tmaslik uchun yuzni grim qilishni o‘rgatishdan iborat», — deya yozgan rassomlar Facebook’da.

Foto: Facebook/Sergey Kuok
Yuz orqali shaxs haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish tizimi Moskvada 2017 yildan amalga kiritilgan, 2019 yil oxirida shahardagi kameralarning 40 foizi (jami kameralar soni 162 dona) mazkur tizimga ulanishi ko‘zda tutilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya prezidenti administratsiyasida grim qilib yuzdan shaxsni aniqlash tizimini aldashga uringan 4 nafar odam fosh bo‘ldi