date
views 2 527

Belavia Toshkentga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Belavia Toshkentga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Foto: Viktor Tolochko
Belarusning Belavia aviakompaniyasi 2020 yilda Toshkentga muntazam reys ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi «Kun.uz».
Bu haqda Belarus Transport va aloqa vazirligining aviatsiya bo‘yicha departamenti direktori Artyom Sikorskiy aytib o‘tgan.

«O‘tgan yili Belavia aviakompaniyasining yo‘nalishlari 55 marshrutgacha kengaytirildi. Bu yil uchta yo‘nalish qo‘shiladi: Vena shahriga muntazam reys, Toshkentga muntazam reys va Reus shahridagi (Barselonadan 80 kilometr masofada) muntazam reys», — dedi Sikorskiy.

Belavia aviakompaniyasi 1996 yilda tashkil etilgan. U Belarusda yo‘lovchilar tashish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.
Hozirgi kunda aviakompaniya parkida 30 ta samolyot mavjud (yettita Boeing-737-800, oltita Boeing-737-500, beshta Boeing-737-300, to‘rtta Embraer-175, oltita Embraer-195, ikkita CRJ-200).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belavia Toshkentga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda