10:26 / 12.02.2020
4 306

Koronavirusdan vafot etganlar soni oshmoqda

Koronavirusdan vafot etganlar soni oshmoqda
Foto: «The Associated Press»
Xitoyda COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 1113 kishiga yetdi deb yozadi "Xabar" nashri.
Mamlakatda virusni yuqtirib olganlar soni 44 653 kishini tashkil etmoqda, ularning 4740 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari 8204 odam og‘ir ahvolda, kasallar bilan aloqada bo‘lgan yana 185 ming kishi nazorat ostida turibdi.

Xitoyda so‘nggi bir sutkaning o‘zida 2015 kishida koronavirus aniqlangan. Vafot etganlarning asosiy qismi epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasidan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yangi koronavirusga rasman – COVID-2019 deb nom berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan vafot etganlar soni oshmoqda