Turkmaniston prezidenti milliy xavfsizlik vazirini almashtirdi

Turkmaniston prezidenti milliy xavfsizlik vazirini almashtirdi
Yaylim Berdiyev/ Foto: hronikatm.com
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov milliy xavfsizlik vaziri general-mayor Yaylim Berdiyevni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etdi.

Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Vazirlikka yangi rahbar etib polkovnik Gurbanmurot Annayev tayinlangan. U bungacha Berdiyevning o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Turkmaniston prezidenti Xavfsizlik kengashining 22 yanvardagi yig‘ilishida Berdiyevga qat’iy hayfsan e’lon qilgan. U Berdiyevning unvonini lavozim majburiyatlarini tegishlicha bajarmagani va ishda qo‘yilgan kamchiliklar uchun general-polkovnikdan general-mayorgacha pasaytirgan va davlat xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan bo‘shatgan.

Ta’kidlanishicha, 2019 yil dekabrda Turkmaniston ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov o‘z lavozimidan olingach, prezident Berdiyevning moliyaviy holati va mol-mulkini tekshirishni buyurgan.
Avval mudofaa vaziri lavozimini egallagan Yaylim Berdiyev milliy xavfsizlik vazirligini 2018 yil iyundan boshqarib kelgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar