19:15 / 13.02.2020
2 347

Moskva sudi Twitter hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlarini jarimaga tortdi

Moskva sudi Twitter hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlarini jarimaga tortdi
Moskvadagi jahon sudi Amerikaning Twitter shirkatini 4 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Kaliforniya (AQSH)dan ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaning rossiyalik foydalanuvchilar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni rossiyalik serverlarga o‘tkazmaganligi bunga sabab bo‘lgan deb xabar qiladi RIA Novosti.

Sud Twitter Inc.’ni Rossiya ma’muriy kodeksining 13.11 moddasi 8 qismi bo‘yicha (shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonunchilikning buzilishi) aybdor deb topdi.
Shu bilan birga xuddi shu modda bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘i ham sud tomonidan aybdor deb topilgan. Unga ham 4 million rubl miqdorida jarima qo‘yilgan.

Rossiyada 2015 yil 1 sentabrdan kuchga kirgan qonunga binoan rossiyalik foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy ma’lumotlari Rossiya serverlarida saqlanishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva sudi Twitter hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlarini jarimaga tortdi