
Foto: Anadolu
Turkiya hukumati Suriyaning Idlib viloyatiga bu hududda o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga amal qilinishini ta’minlash uchun qo‘shimcha harbiy jo‘natadi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar ma’lum qilgan.
«Biz o‘t ochishni to‘xtatish sulhiga rioya etilishini ta’minlash va unga doimo amal qilinishi uchun qo‘shimcha harbiylar jo‘natmoqdamiz. Biz hududni nazorat qilamiz», — deya uning so‘zlarini keltirmoqda Anadolu.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga amal qilmaydiganlarga qarshi barcha choralarni ko‘radi, jumladan, harbiy kuchlarni ham qo‘llaydi.
Avvalroq Pentagon Suriyaning Idlib viloyatida turkiyalik harbiylarga razvedka ma’lumotlari va harbiy anjomlarni yetkazib berish borasida yordam ko‘rsatishga tayyorligi xabar qilingandi.
Turkiya HukumatiIdlib ViloyatiHarbiy Jo‘natishO‘t OchishXulusi AkarPentagonda Yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar