06:00 / 14.02.2020
6 294

Qozog‘istonda O‘zbekistonning 20 fuqarosi mikroavtobusda muzlab qoldi

Qozog‘istonda O‘zbekistonning 20 fuqarosi mikroavtobusda muzlab qoldi
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bilan mikroavtobus to‘xtab qoldi.
11 fevral kuni soat 13:30 atrofida Pavlodar viloyati Ichki ishlar vazirligi patrul politsiyasi tomonidan, Qizilo‘rda-Pavlodar trassasida qattiq sovuqda muzlab qolgan mikroavtobus haydovchisi va 20 ga yaqin yo‘lovchilar topilgan, deb xabar beradi Polisia.kz'ga tayanib Sof.uz nashri.

"Biz 10 fevral kuni Sariag‘ash-Novosibirsk yo‘nalishi bo‘ylab Rossiyaga jo‘nadik. Yo‘lda g‘ildirak diski sinib ketdi. Domkratim bo‘lmaganligi sababli, to‘xtab yordam kutishga majbur bo‘ldik. Bir necha soat davomida yo‘l chetida yordam so‘rab turdik, ammo hech bir haydovchi to‘xtamadi. Birdamlik yo‘q! Soat 13:30 atrofida oldimizga politsiya xodimlari mayor Arman Ginayatov va katta leytenant Toleubay Kudaybergenov yetib kelishganida, biz allaqachon muzlab bo‘lgandik", dedi mikroavtobus haydovchisi Nurlan Joldibayev.

Havo harorati minus 25 darajada politsiya xodimlari yarim soatda buzilishni bartaraf etishgan.
"Bunday lahzalarda doim politsiya yordamga keladi. Yo‘lda politsiya xodimlari menga yordam berishi bu ikkinchi holat. Bunday o‘g‘illarni tarbiyalagan ota-onalariga katta rahmat", dedi haydovchining sherigi.

Pavlodar viloyati politsiyasi, haydovchilarga uzoq safar oldidan, ayniqsa yo‘lovchilarni tashishda, avtoulovni puxta tayyorlash zarurligi va bunday vaziyatlarda o‘z kuchlariga tayanmagan holda darhol 102 yoki 112 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘rashlarini tavsiya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda O‘zbekistonning 20 fuqarosi mikroavtobusda muzlab qoldi