15:38 / 16.02.2020
3 919

Antarktidada rekord darajadagi issiq harorat qayd etildi

Antarktidada rekord darajadagi issiq harorat qayd etildi
Simor orolida harorat qariyb 21 darajaga yetdi / Getty Images
Braziliya meteorologlari Antarktidaning shimoliy chekkasida joylashgan Simor orolidada havo harorati +20,75 darajaga yetganini xabar qilishdi. Antarktidada bu kabi yuqori harorat tarixda birinchi marta qayd etildi.

Biroq, braziliyalik olim Karlos Sheferning so‘zlariga ko‘ra, 9 fevral kuni qayd etilgan bu ko‘rsatkich alohida tabiatga ega bo‘lib, bir qator uzoq muddatli o‘lchovlarning bir qismi emas. Shuning uchun undan iqlim o‘zgarishi tendensiyalarini bashorat qilishda foydalanib bo‘lmaydi.

«Bu ko‘rsatkichlardan shunchaki bittasi. Bu mintaqada g‘ayrioddiy holatlar kuzatilayotganidan darakdir», — deydi meteorolog.
O‘tgan hafta Antarktida qit’asida ham rekord darajadagi yuqori harorat qayd etildi — Antarktida yarim orolida daraja + 18,3°C’gacha ko‘tarildi.

Antarktidada o‘rtacha yillik havo haroratining tobora oshib borayotgani Janubiy Afrika Respublikasi iqlimiga bevosita ta’sirga ega.
Antarktida iqlimi bo‘yicha mutaxassis Kamoru Abiodun Lavalning ta’kidlashicha, qit’adagi harorat odatda yozda 10 darajadan qishda minus 40 darajagacha o‘zgarib turadi.

«Biroq oxirgi yillarda +18 daraja atrofida kuzatilayotgan yozgi harorat tarixan noodatiy hisoblanadi va qit’a iqlimi umumiy o‘zgarishining oqibati hisoblanadi», deb aytgan mutaxassis.

Antarktida muzlari qanchalik tez erimoqda?

Antarktikadagi muzliklar tezlik bilan erimoqda / Getty Images
Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida Antarktidada o‘rtacha harorat deyarli 3 darajaga ko‘tarildi. Shu vaqt ichida Antarktida g‘arbiy chekkasidagi muzliklarning 87 foizi qit’a ichkarisiga chekingan.

So‘nggi 12 yil ichidagi global isish ta’sirida muzliklar maydoni qisqarishi tezlashdi.
Joriy yilning yanvari Antarktidada meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.

Antarktika — Antarktida qit’asi tarkibiga kiruvchi, orollar va atrofdagi okeanni o‘z ichiga olgan ulkan hudud — sayyoraning qor va muz shaklidagi chuchuk suv zaxirasining 70 foizini o‘z ichiga oladi. Agar bu massa jadal eriy boshlasa, dunyo okeanining sathi 50-60 metrga ko‘tarilishi mumkin, bu jarayon asrlarga cho‘ziladi.

Biroq, JMT XXI asr oxiriga keliboq dengiz sathining ko‘tarilishi 30 santimetrdan 110 santimetrgacha yetishini taxmin qilmoqda.
Antarktida mintaqasida avvalgi rekord darajadagi yuqori harorat +19,8 daraja edi. U 1982 yil yanvarda Signyu orolida ro‘yxatga olingan.

O‘tgan yilning iyul oyida Arktikada butun o‘lchov tarixidagi eng yuqori harorat qayd etilgan — Selsiy bo‘yicha +21 daraja. U Kanada Arktik arxipelagining bir qismi bo‘lgan Elmir orolining shimoliy uchida ro‘yxatga olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antarktidada rekord darajadagi issiq harorat qayd etildi