Tanzaniya viloyatlaridan birining gubernatori mamlakatdagi eng yirik Ngorongoro milliy bog‘i yo‘llari yomon holatda ekanligi tasvirlangan videoni tarqatgan kishilarni hibsga olishni buyurdi. Videoni tarqatganlar «iqtisodiy qo‘poruvchilik» uyushtirishda ayblanmoqda. Bu haqda «Regnum» xabariga asoslanib Xabar nashri yozmoqda.
Telekanal jurnalistlari xabar berishicha, viloyat gubernatori Arusha Mrisho Gambo videoni tarqatganlarni «mamlakat sha’nini bulg‘ash»da ayblagan va hudud politsiya rahbariga videoni tarqatganlarning asl maqsadini ochiqlash uchun ularni hibsga olish va so‘roq qilishni buyurgan. Gamboning nazarida, muammolarga duch kelinganida ularni internetda tarqatish emas, balki amaldorlarni boxabar qilish kerak ekan.
Internetda tarqatilgan videoda Ngorongoro qo‘riqxonasi yo‘lida botib qolgan sayyohlar mashinalari tasvirlanib, muallif yo‘llarni tuzatish kerakligini ta’kidlab, mahalliy hukumatdan biron chora ko‘rishni so‘ragan edi.
Internet orqali videoni tomosha qilganlarning aksariyati gubernator Gamboning qaroridan so‘ng uni tanqid ostiga olishdi: «Odamlarga tahdid qilguncha, yo‘llarni ta’mirlash kerak!». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)