Foto: «nationalinterest.org»
Odamzodni yo‘q qila oladigan yoki uni oxir zamonga yaqinlashtirib qo‘yadigan beshta atom suvosti kemasi mavjud. Ularning ro‘yxatini «The National Interest» nashri keltirib o‘tgan.
Maqola mualliflarining fikricha, sovuq urush ayni avjiga chiqqan pallada Amerikaning «Ogayo» tipidagi submarinasi «yarim soat ichida shahar kattaligidagi 288 tagacha nishonni radioaktiv kulga aylantira olgan». Yana bir dahshatli submarina Amerikaning «Kolambiya» tipidagi atom suvosti kemasi bo‘lib, nashrning yozishicha, u 2020 yilda qurila boshlaydi.
Shuningdek, nashr Rossiyaning ballistik raketali suvosti kemalarini ham tilga olib o‘tgan — bortida R-30 «Bulava» raketalari bo‘lgan 955A «Borey-A» loyihali suvosti kemasi, «Sineva» ballistik raketalari bilan jihozlangan 667BDRM «Delfin» loyihali submarinasi va «Kalibr» majmuiga kiruvchi ZM-14 qanotli raketalari bo‘lgan 885M «Yasen» loyihali suvosti kemasi.
Avvalroq «The National Interest» hatto birinchi zarbadayoq Rossiyaning boshqa yadro qurollari yakson etilgan taqdirda ham, uning «Borey» loyihali atom suvosti kemalari Amerikani «odam yashamaydigan» joyga aylantirishga qodirligi haqida yozgandi.
Ayni vaqtda, qurollanish davlat dasturiga muvofiq, Rossiya Harbiy dengiz floti manfaatlari uchun «Borey» toifasidagi sakkizta submarina qurish rejalashtirilgan. Ulardan uchtasi allaqachon qurib bitkazilib, flot tarkibiga kiritilgan: «Yuriy Dolgorukiy», «Aleksandr Nevskiy» va «Vladimir Monomax». To‘rtinchi suvosti kemasi — «Knyaz Vladimir» harakat sinovlaridan o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi