07:00 / 21.02.2020
3 252

Ukrainadagi qishloq aholisi koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy usulda kurashmoqda

Ukrainadagi qishloq aholisi koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy usulda kurashmoqda
«RBK» nashri Milliy politsiya viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabariga tayanib, Ukrainaning Poltava viloyatidagi Noviye Sanjari qishlog‘i aholisi hududdan o‘tuvchi yo‘lni to‘sib, trassani bo‘shatishga uringan politsiya bilan mojaroga bordi, deb ma’lum qildi.

Politsiya 10 nafarga yaqin tajovuzkor kayfiyatdagi shaxslar bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgan.
Ukraina OAVlariga ko‘ra, norozilik aksiyasi ishtirokchilari Milliy gvardiyaning Noviye Sanjaridagi tibbiy qismida koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyning Uxan shahridan kelgan mamlakat fuqarolari joylashtirilishiga qarshi chiqqan.

Qishloqqa kirish va Vorskla daryosi ustidagi ko‘prik avtomobillar va shinalar bilan to‘silgani, shinalar hatto yoqib yuborilayotgani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari voqea joyiga zirhli texnika olib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi qishloq aholisi koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy usulda kurashmoqda