
Xitoyda yangi tipdagi koronavirus sabab vafot etganlar soni 2442 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi sayti xabar qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiya bilan zararlanish holatlari 76 936 tani tashkil etmoqda.
Ayni damda virus bilan 51 mingdan oshiq kishi og‘rimoqda, ulardan qariyb 11 ming nafari og‘ir holatda.
Eslatib o‘tamiz, yangi tipdagi koronavirus 2019 yil dekabrda Uxan shahridan tarqalishni boshlagan edi. Virusga Covid-2019 deya nom berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar