
AQSH qurolli kuchlariga tegishli harbiy texnika Suriyaning Xaseke provinsiyasidagi Amuda aholi maskanida Rossiya qo‘shinlari kolonnasining yo‘lini to‘sdi.
Amerika harbiylari M4 trassasidan kiradigan yo‘llarni harbiy texnikalar bilan to‘sib olgan. Shu tariqa aholi punktiga Rossiya harbiylarining kirishiga yo‘l qo‘yilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda bunday holatlar ko‘payib bormoqda. Fevral oyi boshlarida xalqaro koalitsiyaning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jeyms Jeffri Suriyaning shimoli-sharqida Rossiyaga tegishli xususiy harbiy kompaniyalar bilan to‘qnashuvlar ko‘payganini ta’kidlab o‘tgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar