Foto: Anmar Khalil / AP
XXR Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida koronavirus qurbonlari soni 150 kishini tashkil etdi. SCMP ma’lumotiga qaraganda, dunyoda yangi kasallikdan 2592 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Xitoylik shifokorlar ma’lumotlariga ko‘ra, Xubey provinsiyasida 149 kishi vafot etdi, Xaynan orolida bu raqam bir kishini tashkil qildi. Epidemiya davrida mamlakatda jami 49824 kishi kasallangani qayd etildi.
Xitoyning materik qismi hududida jami 409ta yangi kasallanish holati ro‘yxatga olindi, bu bu avvalgi kunga nisbatan kamroq. Ulardan 398 kishi dastlab koronavirus tarqalishi aniqlangan Xubey provinsiyasida kasallandi.
Shuningdek, Xitoy tibbiyot rasmiylari xabar berishicha, oxirgi bir sutka ichida 1846 kishi sog‘lom deb topilgan hamda kasalxonadan chiqarilgan. Davolanganlarning umumiy soni 24000dan oshdi.
SCMP hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 79 mingdan ortiq odam kasallandi. Xitoydan tashqari, Yaponiya, Janubiy Koreya va Italiyada eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etildi.
Kasallik qurbonlarining eng ko‘p soni Eronda kuzatildi (8). Janubiy Koreyada yetti kishi, Yaponiyada to‘rt kishi, Italiyada uch kishi vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda