Foto: The Gal Times
Yaponiya hukumati transportlarda koronavirus yuqtirmaslik uchun barcha vazirlik va idoralarga imkon qadar xodimlarini uyda ishlashga o‘tkazish va ularning ofisda bo‘lish vaqtini o‘zgartirish vazifasini topshirdi.
«TASS»ning xabar berishicha, bu haqda 25 fevral kuni Tokioda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosihide Suga ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, kasallikning oldini olish va yuqtirgan odamlar soni ko‘paymasligi uchun yangi choralar ko‘rish zarur.
Avvalroq iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Xirosi Kadziyama Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hukumat xususiy biznes assotsiatsiyasiga ham shunday talab bilan murojaat qilganini ma’lum qilgan. Unda tadbirkorlarga xodimlarini masofaviy ishlash tizimiga o‘tkazish va ularning ofislarga kelish vaqtini keyinga surish taklif qilingan.
Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 2,6 ming kishidan oshib ketdi.
Avvalroq Xitoyning Rossiyadagi elchisi XXRda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilganini ma’lum qilgan edi. Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga 143 ming dollar va’da qilgan.
Koronavirus epidemiyasi sababli Xitoyning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi — Butunxitoy xalq vakillari kengashi (BXXVK)ning doimiy qo‘mitasi dushanba kuni har ikki oyda bir marta o‘tkaziladigan navbatdagi sessiyaning ochilishida yillik sessiyani keyinga qoldirish haqida qaror qabul qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi