Foto: Vox
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «RIA Novosti»ga tayanib Daryo.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 12 ta holat aniqlangan, bir bemor vafot etgan.
«Fransiya hududida koronavirusga chalingan boshqa odam yo‘q. Virus endi tarqalmayapti. Lionda shifoxonaga olib kelingan so‘nggi bemor ham davolanib bo‘ldi. U endi xavf tug‘dirmagani sabab uyiga qaytdi», — deydi Veran.
Avvalroq Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgani haqida xabar berilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar 71 kishini tashkil etib, jami vafot etganlar esa 2663 kishiga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Piramidalarning 4000 yillik siri fosh bo‘ldi