date
views 2 809

Pentagon 2025 yilgacha yadro quroli uchun 167 mlrd dollar sarflamoqchi

Pentagon 2025 yilgacha yadro quroli uchun 167 mlrd dollar sarflamoqchi
Foto: AP Photo/Charles Dharapak
Pentagon yadro quroli modernizatsiya qilish va ishonchliligni ta’minlash bo‘yicha besh yillik rejani amalga oshirish doirasida AQSH kongressidan 167 mlrd dollar so‘ramoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Agentlikning ma’lumot berishicha, Amerika mudofaa vazirligi yadroviy xarajatlarni har yili oshirib bormoqchi.

Mudofaa vazirligi e’lon qilgan hujjatlarga ko‘ra, 2021 moliyaviy yilda (1 oktabrdan boshlanadi) tegishli harbiy dastur uchun 28,9 mlrd dollar sarflash rejalashtirilgan. 2022 yilda Pentagon yadro qurollarini modernizatsiya qilish uchun 30 mlrd, 2023 yilda 33 mlrd dollar so‘ramoqchi. 2024 yilda yadro qurollari uchun xarajatlar 37 mlrd dollarga, 2025 yilga kelib esa 38 mlrd dollargacha yetishi ko‘zda tutilgan.

Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH 2018 yil 5 fevral holatiga ko‘ra 652 ta yadro quroli tashuvchisi va 1350 dona yadroviy kallaklarga ega bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon 2025 yilgacha yadro quroli uchun 167 mlrd dollar sarflamoqchi