Foto: REUTERS / Thomas Peter
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha yangi qo‘llanma chiqardi.
Barcha ish joylarini muntazam ravishda sanitar ishlovdan o‘tkazish hamda qo‘llarni yaxshilab yuvish JSTning asosiy tavsiyasi bo‘lib qolmoqda. Qayd etilishicha, umumiy foydalanishdagi buyumlarni ushlagandan so‘ng qo‘llarni sovunlab yoki spirtli dezinfeksiya vositalari bilan yuvish lozim.
AQSH sog‘liqni saqlash vazirligi kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) virus odamdan odamga havo orqali 2 metr masofadan yuqishi mumkinligini bildirgan. Shuningdek, virus saqlanib qolgan buyumlarni ushlagandan keyin yoki kasal odam bilan qo‘l berib ko‘rishgach yuvilmagan qo‘l burun, og‘iz yoki ko‘zga tegizilganida ham kasallik yuqishi mumkin.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, koronaviruslar metall va plastik yuzalarda 9 kungacha, inson terisida esa 12 kungacha faol holatda bo‘lishi mumkin.
JST koronavirus tarqalishining oldini olish uchun tashkilot va korxonalar rahbarlariga ish joylari tozaligi va gigiyenasiga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Stol-stullar, telefonlar, klaviaturalar, zina va eshik tutqichlari muntazam ravishda artib turilishi kerak, deyiladi qo‘llanmada. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin