Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi musulmonlar huquq himoyachilari prezidentlikka nomzod Maykl Blumbergdan Nyu-Yorkdagi musulmonlarni ommaviy kuzatuvga olganini qat’iyat bilan oqlagani uchun uzr so‘rashini talab qilmoqda.
NPR nashrining yozishicha, Blumberg teleko‘rsatuvlardan birida "Amerikada xavfsizlikni saqlash uchun" musulmonlarni kuzatish zarur bo‘lganini aytgan.
“Biz bir qancha zobitlarni ba’zi masjidlarga imomning va’zlarini tinglashi uchun yuborganmiz. O‘shanda juda ehtiyotkorlik bilan ish tutdik va buni kuzatgan organlar biz qonun doirasida amal qilayotganimizni aytishdi. Biz ushbu mamlakatni himoya qilish, maksimum ma’lumot olish uchun qonuniy ravishda bora olishimiz mumkin bo‘lgan barcha joylarga borishga tayyor edik”, – dedi Nyu-Yorkning sobiq meri.
Bundan tashqari, prezidentlikka nomzodning ta’kidlashicha, o‘sha yillarda "ochiqchasiga terrorizmga chaqirgan imomlar" bo‘lgan.
Ma’lumki, Maykl Blumberg 2002-2013 yillarda Nyu-York meri bo‘lgan va musulmonlarni kuzatish dasturini ishlab chiqqan. Hatto bu dastur fosh bo‘lgandan keyin ham uni oqlashda davom etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»