06:25 / 04.03.2020
2 759

Boshqalardan ajralib turish "super kuch"mi?

Boshqalardan ajralib turish "super kuch"mi?
Greta Tunberg kim?
U Shvetsiyaning Stokgolm shahrida o‘sgan 17 yoshli qiz, Shvetsiyalik xalqaro miqyosda tan olingan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha atrof-muhit faoli. Gretaning onasi Malena Ernman opera qo‘shiqchisi va Yevropadagi qo‘shiq tanlovining sobiq ishtirokchisi.

Uning otasi Svante Tunberg aktyor bo‘lib, issiqxona effekti modelini ishlab chiqqan olim Svante Arreniusning avlodidir. Svante 1903 yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Ikki qizning kattasi bo‘lgan Greta sakkiz yoshida iqlim o‘zgarishi haqida bilganini aytadi, ammo ota-onasi iqlim faollari emasligini aytishadi.

Gretada inson ulg‘ayishi bilan bog‘liq bo‘lgan Asperger sindromi bor, qizaloq kasallikni sovg‘a sifatida ta’riflab, boshqalardan ajralib turish "super kuch" deya ta’kidlagan.

Yosh bo‘lishiga qaramay, butun dunyoni tashvishga solayotgan global muammolar uchun qayg‘urayotgan qizcha kuni kecha ham Bristol shahridagi Green kollejida bo‘lib o‘tgan Yoshlar namoyishida 15000 mingdan ziyod xaloyiqning old qatorida turdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boshqalardan ajralib turish "super kuch"mi?