3 936
Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish fikridan to‘xtab turish tavsiya etildi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi ma’lumotiga asosan, koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston hududida karantin choralari tatbiq etilishi munosabati bilan 2020 yil 1 martdan aviaqatnovlar soni qisqartirilib, har haftada bir marotaba paritet asosida parvozlar galma-gal quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
8 mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan;
15 mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan;
22 mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan;
29 mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan.
Shu bilan birga, Toshkentga qaytib borgan fuqarolar shahar tashqarisidagi maxsus joyda 14 kun mobaynida karantinda saqlanib, tegishli ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng, ularga uyga qaytishga ruxsat beriladi.
Koreya Respublikasi hukumati tomonidan koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yicha yuqori tibbiy texnologiyalarning qo‘llanilayotgani hamda chet el fuqarolarining malakali bepul davolanishi kafolatlashi bois, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish fikridan to‘xtab turishni tavsiya etadi.
Shu munosabat bilan, fuqarolarga o‘z sog‘liqlarini asrash va virusni tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha Koreya hukumatining talablariga rioya qilish tavsiya etiladi.
- O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi:
(+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60;
- “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi (aviachiptalar masalalari bo‘yicha):
(+82) 10 8718-6850;
- Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvandju shahridagi vakolatxonasi (mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha):
(+82) 10 8495-0027. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)