12:18 / 03.03.2020
17 207

Koronavirus: eng so‘nggi ma’lumotlar

Koronavirus: eng so‘nggi ma’lumotlar
Skrinshot
Bugun, 3 mart tongida olingan eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yana bir necha mamlakatlarda ilk marotaba koronavirusning yangi turi («COVID-19») aniqlandi.

«COVID-19» eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar

«Koronavirus ro‘yxati» Latviya, Senegal, Saudiya Arabistoni, Tunis, Iordaniya, Portugaliya, Andorra va Marokash hisobiga kengaydi.
Marokash hukumati barcha yirik tadbirlarni bekor qilmoqda, xususan, aprel oyiga mo‘ljallangan 15-Xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi (SIAM).

AQSH mamlakatga kirish borasida qo‘shimcha cheklovlar joriy etmoqda hamda vaksina ishlab chiqarishga kirishgan.
Janubiy Koreyadagi vaziyat ancha tashvishli: koronavirusni yuqtirganlar soni 5 ming nafarga yaqinlashib qoldi, 28 inson shu kasallikdan vafot etdi. Hukumat eng yuqori darajali epidemiologik xavfni e’lon qildi. O‘quv yili boshlanishi mart oyi oxirigacha kechiktirildi.

Koronavirus Yevropa bo‘ylab shiddat bilan tarqamoqda. Kasallanganlar soni juda tez ko‘payib ketgan (40 nafar) Britaniya hukumati o‘z xavotirlarini bildirdi. «British Airways» kompaniyasi Yevropa ittifoqi va AQSHga yuzlab reyslarini bekor qildi.

Italiya — Yevropada koronavirus o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda: bu yerda kasallanganlar soni 2 ming nafardan oshdi. Juda ko‘p mamlakatlar kasallik aynan Italiyadan qaytayotganlarda uchrayotganini ma’lum qilishyapti.

Germaniya (165 nafar), Ispaniya (120 nafar), Fransiya (191 nafar)da koronavirusga chalinganlar soni yuzdan oshib ketdi. Chexiyada esa to‘rt nafar insonga «COVID-19» tashxisi qo‘yildi.

O‘tgan sutkada dunyo bo‘ylab koronavirus yana 2 mingdan ortiq insonda aniqlandi, 80 kishi vafot etdi.
Ayni paytda jahon bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni — 90 935 nafar, vafot etgan soni — 3 117 nafar. Jami 47 995 kishi kasallikdan tuzalib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus: eng so‘nggi ma’lumotlar