14:50 / 03.03.2020
4 768

Janubiy Koreya prezidenti koronavirusga qarshi urush e’lon qildi

Janubiy Koreya prezidenti koronavirusga qarshi urush e’lon qildi
Foto: Jung Yeon-Je-Pool / Getty Images
Janubiy Koreyada so‘nggi sutkalarda koronavirusga chalinganlar soni 600 kishiga oshib, 4812 kishiga yetdi, 28 kishi vafot etdi. Kasallik yuqtirganlarning 75 foizi yil boshida Tegu shahri fuqarolaridir.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In hukumat majlisida koronavirusga qarshi urush boshlanganini bildirdi. U barcha vazirlik va idoralardan favqulodda vaziyatlarga kunu tun tayyor turishni talab qildi, deb xabar bermoqdaYonhap agentligi.

«Tegu shahri va Kyonsan-Pukto provinsiyasidagi vaziyat o‘zining cho‘qqisiga chiqdi va butun mamlakat yuqumli kasallikka qarshi urushga kirdi», — dedi Mun Chje In.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashga 30 trln von (25 mln dollar) yo‘naltiriladi. Prezident shuningdek barchani tibbiyot niqoblari bilan qisqa muddatda ta’minlash imkoni yo‘qligi uchun mamlakat fuqarolaridan uzr so‘radi.

Janubiy Koreyada so‘nggi sutkalarda koronavirusga chalinganlar soni 600 kishiga oshib, 4812 kishiga yetdi, 28 kishi vafot etdi. Kasallik yuqtirganlarning 75 foizi yil boshida Uxan shahrida yig‘ilish o‘tkazgan «Sinchxonji» diniy sektasining a’zolari bo‘lgan Tegu shahri fuqarolaridir.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 2019-nCoV virusidan 3116 kishi vafot etgan, 90,9 ming kishi virus yuqtirib olgan, 48 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya prezidenti koronavirusga qarshi urush e’lon qildi