Indoneziyaning Yava orolida Merapi vulqoni uyg‘ondi (video)

Foto: «Reuters»
Indoneziyaning Yava orolida Merapi vulqoni uyg‘ondi. Bu haqda «Antara» agentligi Indoneziyada geologik halokatlarni tadqiq etuvchi markazga asoslanib xabar berdi.
Jokyarta shahridan 30 kilometr, poytaxt Jakartadan 520 kilometr olisda joylashgan Merapi vulqoni otilishi 3 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:22 da boshlanib, 7 daqiqa va 30 soniya davom etgan.
Vulqon otilishi natijasida 6 kilometrgacha balandlikka kul sochilgan. Indoneziya transport vazirligining fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi Surakarta shahridagi «Adi Sumarmo» xalqaro aeroportini vaqtinchalik yopgan.
Ma’lumot uchun: Merapi — Indoneziyadagi eng faol vulqon. Har yetti yilda katta otilish sodir bo‘ladi, yiliga o‘rtacha ikki marta kichik otilishlar yuz berib turadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Indoneziyaning Yava orolida Merapi vulqoni uyg‘ondi. Bu haqda «Antara» agentligi Indoneziyada geologik halokatlarni tadqiq etuvchi markazga asoslanib xabar berdi.
Jokyarta shahridan 30 kilometr, poytaxt Jakartadan 520 kilometr olisda joylashgan Merapi vulqoni otilishi 3 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:22 da boshlanib, 7 daqiqa va 30 soniya davom etgan.
Vulqon otilishi natijasida 6 kilometrgacha balandlikka kul sochilgan. Indoneziya transport vazirligining fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi Surakarta shahridagi «Adi Sumarmo» xalqaro aeroportini vaqtinchalik yopgan.
Ma’lumot uchun: Merapi — Indoneziyadagi eng faol vulqon. Har yetti yilda katta otilish sodir bo‘ladi, yiliga o‘rtacha ikki marta kichik otilishlar yuz berib turadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…