Foto: «RBK»
Yangi turdagi COVID-19 koronavirusidan o‘lim darajasi mavsumiy gripp o‘lim darajasiga nisbatan 2,4 foizga yuqoriladi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozadi «RBK»ga tayanib Daryo.
«Butun dunyoda koronavirus qayd etilgan holatlarning 3,4 foizi o‘lim bilan yakunlangan. Taqqoslash uchun, mavsumiy gripp odatda kasallanganlarning 1 foizidan kamrog‘ining o‘limiga sabab bo‘ladi», — deya qayd etdi Gebreyesus.
JSST bosh direktori koronavirus infeksiyasi va grippning boshqa farqlarini ham aytib o‘tgan. Masalan, kasallik alomatlarisiz gripp tashuvchisi bo‘lgan inson atrofdagilarga unchalik xavf tug‘dirmasa, koronavirusda esa bu holat xavfli hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari koronavirus qayd etilgan davlatlar soni 64 taga yetdi. Umumiy hisobda dunyoda 90 370 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 80 174 nafari Xitoyda. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi