
Sankt-Peterburg shahrida noma’lum shaxs Rossiya FSB xodimining qalbaki guvohnomasi bilan ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati hibsga olingan jarayonidan videotasvirni 2 mart kuni taqdim etdi.
28 fevral kuni soat 12:30 atrofida Bogatirskiy Prospektidagi 47/1-uy oldida yo‘l politsiyasi BMW X5 mashinani to‘xtatgan. Ushbu mashina haydovchisining egnida Rossiya FSB xodimining pogoni bor ko‘ylak bo‘lgan.
Shuningdek, ushbu shaxsdan travmatik to‘pponcha va FSB xodimining qalbakilashtirilgan shaxsiy guvohnomasi topilgan. Ushlangan shaxs qo‘shni davlatlardan birining fuqarosi bo‘lib, o‘z vatanidagi huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik bo‘yicha qidiruvda bo‘lganligi aniqlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar