
Foto:«Gazeta.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy emasligini ta’kidlagan. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Putin hukumat bilan uchrashuvda aholi bilan koronavirus mavzusida tushintirish ishlarini olib borilishini talab qildi.
«Yaxshiyam bizda holat hali u darajada jiddiy emas. Ammo odamlar haqiqiy vaziyat haqida bilishlari kerak. Sizdan ushbu kasallikka oid axboriy tushuntirish ishlarini olib borishingizni so‘rayman», - dedi RF prezidenti.
Rossiyada virus bilan 3 kishi kasallangani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirganlar soni 90 mingdan oshdi. Virus yana 8 ta davlatga tarqaldi. Portugaliya, Saudiya Arabistoni, Tunis, Marokko, Latviya, Andorra, Iordaniya va Senegal shular jumlasidan.
Biroz avval Germaniya koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli tibbiy himoya vositalari eksportiga taqiq qo‘yganligi haqida xabar bergan edik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar