Xitoy antivirus kompaniyasi Qihoo 360‘ning ma’lum qilishicha, AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi xakerlari o‘n yildan ortiq vaqt davomida Xitoy aviasanoati va boshqa sohalarida kiberjosuslik bilan shug‘ullanib kelgan. Josuslik kompaniyasi foydalangan zararli dasturiy ta’minot namunalari 2017 yilda Wikileaks portalida oshkor qilingan ma’lumotlar bilan solishtirilganda fosh etilgan.
Aviatsiya tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, neft sanoati, Internet kompaniyalari va davlat idoralarini o‘z ichiga olgan bir qancha tarmoqlar va tuzilmalar nishonga olingan. Qihoo’ning qo‘shimcha qilishicha, samolyotlarning kuzatilishi "muhim kishining sayohat yo‘nalishlarini" kuzatishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Qihoo xakerlik dasturlari namunalari katalogini, ularning yaratilish vaqtini tahlil qildi va ushbu vositalarni kim ishlab chiqqanidan qat’iy nazar, u AQSHning sharqiy sohillarida ishlaganini aniqladi.
Qo‘shma Shtatlar, Xitoy va dunyoning boshqa kuchli mamlakatlari singari, josuslikda ayblanganda, kamdan-kam hollarda sharh berishadi.
2017 yil martida Wikileaks Vault 7 deb nomlangan 9 mingta hujjatni e’lon qildi. Hujjatda Markaziy razvedka boshqarmasining qator xakerlik faoliyatlari oshkor qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?