Rossiya huquq-tartibot idoralari 18 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Dilshoda Yu.ning “bir necha oy davomida Moskvada jinsiy qullikka majburlangani” haqidagi arizasiga binoan tekshiruv o‘tkazyapti.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil boshida u dugonasining taklifi bilan Moskvaga kelgan. Bu yerda unga do‘konda sotuvchilik qilishi haqida aytishgan. Ammo Dilshoda Moskvaga kelishi bilan uni fohishalik qilishga majburlashgan. Qizni Lyublino tumanidagi xonadonga olib borishgan va bir necha oy davomida erkaklarga pulli “xizmat ko‘rsatishi” uchun ushlab turishgan.
Oradan ikki oy o‘tgach, qiz bu xonadondan qochishning uddasidan chiqqan, biroq oradan ko‘p o‘tmay fohishaxona tashkilotchilari uni topib olib, kuch bilan ortga qaytargan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bir nechta qizlar muntazam ravishda uni kaltaklab, oilasidagilarni o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilib, erkaklarga jinsiy “xizmat ko‘rsatish”ga majburlab kelgan.
Qiz ikkinchi marta ham fohishaxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan va bu safar politsiyaga borib, ariza yozgan.
Dilshoda Yu. ko‘rsatgan manzilga borgan politsiya xodimlari u yerda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, 1990 va 2000 yili tug‘ilgan ayollarni qo‘lga olgan. Ayni holat bo‘yicha tekshiruv davom etayotgani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?