Foto: Reuters
Eronda shaharlar orasidagi qatnovlarni cheklash maqsadida yo‘llarda nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatilishi boshlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Said Namakiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinish bo‘yicha 3513ta holat qayd etilgan, 107 kishi vafot etgan.
Avvalroq yopib qo‘yilgan maktab va universitetlar Navro‘zgacha ishlamaydi. Vazir shuningdek, haydovchilar yonilg‘i quyish shoxobchalarida mashinadan chiqmasligi kerakligini, yonilg‘ini shoxobcha xodimlari quyib berishlarini hamda qog‘oz pullardan imkon boricha foydalanmaslik kerakligini aytdi.
Koronavirus 80dan ortiq davlatda aniqlandi, 95 ming kishi kasallikka chalingan, 3200 kishi vafot etgan. Xitoydan keyingi eng yomon statistika Eron va Italiyada qayd etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin