Foto: «Almaty.tv»
Janubiy Koreyada o‘tgan bir kecha-kunduzda 518 ta COVID-2019 koronavirusini yuqtirish holati qayd etildi. Shu tariqa mamlakatda yangi virusni yuqtirganlar soni 6284 kishiga yetdi. Ulardan 42 nafari hayotdan ko‘z yumgan, deya ma’lum qildi Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish bo‘yicha markaz (KCDC). Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Avvalroq 35 kishi vafot etgani ma’lum qilingandi. Janubiy Koreya epidemiologiya xavf-xatarni eng yuqori darajaga ko‘tardi. Barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv yili boshlanishi 23 martgacha qoldirildi.
KCDCning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi aniqlangan holatlardan 367 tasi Tegu shahrida, yana 123 tasi Kyonsan-Pukto provinsiyasida, qolganlari mamlakatning turli joylarida qayd etilgan. Bir kecha-kunduzda yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi. Shu tariqa vafot etganlarning umumiy soni 42 kishiga yetgan. Yana 20 nafar odam tuzaldi, shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat berilgan bemorlar soni 108 nafarni tashkil etadi. 21 832 kishining tahlil natijalari o‘rganilmoqda.
Koronavirusni yuqtirganlar soni Seulda 105, Teguda 4693, Kyonsan-Pukto provinsiyasida 984, Kyongido provinsiyasida 120, Pusanda 95 tani tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi