Foto: kaztag.kz
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasi 6 martga o‘tar kechasi Ekibastuz qishlog‘i yonida, Qizilo‘rda-Pavlodar avtomobil yo‘lining 1160-kilometrida sodir bo‘lgan.
«Mercedes rusumli avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan avtobusni ag‘darib yubordi, - deya izoh bergan mahkama. - Salonda 28 kishi bo‘lgan, ulardan 26 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ikki haydovchi - bizning mamlakatimiz fuqarosi. Favqulodda holatlar tibbiy markazi mutaxassislari, politsiyachilar va mahalliy ijroiya hokimiyati vakillari yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joyga yetib borishdi. Shifokorlar ko‘rigidan o‘tgach, yo‘lovchilarning barchasi o‘tkinchi transportga o‘tirib ketishdi, haydovchilar voqea joyida qoldi», - deb xabar berdi FVB.
Viloyat politsiya departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, avtobus Novosibirskdan Chimkentga ketayotgan bo‘lgan. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi