09:04 / 07.03.2020
3 258

Koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshdi

Koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshdi
Foto: Ahn Young-joon / AP
Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshdi. Shu bilan birga, Xitoyning materik qismida yangi holatlar soni kamayishda davom etmoqda.

XXR sog‘liqni saqlash komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 6 mart kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning 99ta yangi holati qayd etilgan, bu avvalgi kunlarga qaraganda 44taga kam. 28 kishi vafot etdi. Hayotdan ko‘z yumganlarning barchasi yangi kasallikning tarqalishi birinchi marta qayd etilgan Xubey provinsiyasida yashovchilardir.

Shuningdek, Xitoy rasmiylarining xabar berishicha, so‘nggi bir sutkaning o‘zida 1678 kishiga kasalxonadan javob berildi, 4873 kishi esa karantindan chiqarildi.

SCMP hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoning barcha mamlakatlarida 100,7 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirgan. 3455 kishi vafot etdi, 55 mingdan ortig‘i tuzaldi. Hayotdan ko‘z yumganlar va kasalxonadan chiqarilganlarning aksariyati - Xitoy fuqarolari.

Qurbonlar soni bo‘yicha XXRdan keyin ikkinchi o‘rinda Italiya (197 kishi) turibdi. Keyingi o‘rinlarda Eron (124), Janubiy Koreya (42) va AQSH (14).
Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida kasallanishning oltita holati aniqlandi. Mamlakatda ushbu kasallikka chalingan 10 kishi ro‘yxatga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshdi