3 312
O‘zbekistonning Eronda qolib ketgan 11 nafar fuqarosi prezidentdan yordam so‘radi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Eron va Turkmaniston o‘rtasidagi chegara postida qolib ketayotgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarolarining prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi.
Videoda davlatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanadigan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari murojaat bilan chiqib, 23 fevraldan buyon koronavirus infeksiyasi sabab chegaralarning yopilgani natijasida Eron Islom Respublikasi “Lutfobod” bojxona postidagi terminal ichida qolib ketishganligini, vatanga qaytishning imkoni bo‘lmayotganligini, bu haqida tegishli konsullik idoralariga qilgan murojaatlari javobsiz qolganligini ma’lum qilishgan.
Shuningdek, haydovchilar o‘z murojaatlarida Eronning kasallik avj olgan hududi ular turgan joydan ming kilometr uzoqlikda ekanligi, fuqarolarning hech biri kasallikka chalinmaganligi va sog‘lomligi aytiladi.
Fuqarolar davlat rahbaridan vatanga qaytishda amaliy yordam so‘ragan.
Hozircha, ushbu hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Transport vazirligi biror bir munosabat bildirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi