
Foto: RFE/RL
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda ayollar marshining 20ga yaqin ishtirokchisi qo‘lga olindi, deb xabar berdi "Aprel" axborot agentligiga tayanib Kun.uz nashri.
Qayd etilishicha, an’anaviy miting tushga yaqin G‘alaba maydonida boshlangan, ammo tez orada ayollarga niqobli erkaklar hujum uyushtirgan. Ular ayollar va bolalarni do‘pposlay boshlagan.
Agentlikning ma’lumot berishicha, "militsiya hushtagi ovozidan so‘ng hujum uyushtirganlar qochib ketgan, militsionerlar esa miting ishtirokchilarini o‘zlari bilan olib ketgan".
O‘z navbatida Bishkek ichki ishlar boshqarmasi sverdlovsk rayonidagi ichki ishlar bo‘limiga provokatsiyaga sabab bo‘lgan har ikki tomon ishtirokchilari keltirilganini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing