Foto: Bloomberg
Paragvay sudi afsonaviy futbolchi "Oltin to‘p" sohibi Ronaldino soxta pasport bilan Paragvay davlatiga kirishi bo‘yicha hibsni olti oyga uzaytirdi. Sud unga uy qamog‘ini belgilagan taqdirda, Braziliya "Barselona"ning sobiq yulduzini Paragvayga topshirmasligidan xavotirda, shuning uchun u tergov hibsxonasiga joylashtirildi. Mamlakatlar o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma mavjud emas, deb Globo Esporte xabar bermoqda.
Braziliyaning sobiq milliy terma jamoasining yetakchisi Ronaldino Gaucho jiddiy huquqiy muammolarga duchor bo‘lgan.
5 mart kuni u akasi va agenti Roberto de Assis Moreyra bilan birga Asunson shahrida mahalliy politsiya tomonidan soxta pasport bilan mamlakatga kirishda gumonlanib, mehmonxonadan ularga tegishli bo‘lgan soxta pasportlarni topishgan. Ertasi kuni ular qo‘yib yuborildi, lekin bir necha soatdan keyin ular yana hibsga olingan.
Foto: AIF
Aytib o‘tish joizki, Paragvay qonunlariga ko‘ra hujjatlarni qalbakilashtirish, jarima yoki bir yilgacha qamoq bilan jazolanadi.
"Men uning sport yulduzi ekanligini tushunaman. Ammo, mashhurligidan qat’i nazar, qonun hamma uchun bir xil bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi Paragvay ichki ishlar vaziri Euklides Asevedo. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”