Foto: Getty Images
Bu haqda AQSHning Afg‘onistondagi qurolli kuchlari (USFOR-A) rasmiy vakili polkovnik Sonni Leggett ma’lum qildi.
“AQSH-Afg‘oniston kelishuviga ko‘ra, USFOR-A qo‘mondonligi o‘z qo‘shinlari sonini 135 kun ichida 8,6 ming harbiyga qisqartirishni boshladi”, deb ma’lum qilgan Leggett.
U AQSH qurolli kuchlari ISHID va “Al-Qoida” terrorchilik guruhlariga qarshi aksilterrorchilik amaliyotlarini davom ettirishi va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga ko‘mak ko‘rsatishini aytgan.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda AQSH va NATOning 13 mingga yaqin harbiysi joylashgan. 8 mingga yaqin amerikalik harbiy NATOning Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini tayyorlash bo‘yicha “Qat’iy ko‘mak” (Resolute Support) missiyasida, qolgani esa aksilterrorchilik amaliyotlarida ishtirok etib kelmoqda.
AQSH harbiylarining Afg‘onistondan asta-sekin olib chiqilishi 29 fevralda AQSH va “Tolibon” o‘rtasida imzolangan kelishuvda o‘z aksini topgan. “Tolibon” amerikalik harbiylarning olib chiqilishi evaziga terrorchilar bilan kurashish va Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralarini boshlash kafolatini berishi lozim. Agar toliblar o‘ziga qo‘yilgan majburiyatlarni bajarsa, AQSH 14 oy ichida o‘z va ittifoqdosh davlatlar qo‘shinlarini olib chiqishga tayyorligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi