Foto: Telegraf-EPA
AQSH prezidenti Donald Tramp neft narxi tushib ketganini ijobiy qarshiladi. Uning aytishicha, bu iste’molchilar uchun naflidir.
“Iste’molchilar uchun yaxshi, yoqilg‘i narxi tushmoqda”, deb yozgan Tramp tvitterda.
“Saudiya Arabistoni va Rossiya neft narxi va hajmi borasida bahslashmoqda. Bu va yolg‘on xabarlar bozor qulashining sababi hisoblanadi”, deb qo‘shimcha qilgan AQSH prezidenti.
Saudi Arabia and Russia are arguing over the price and flow of oil. That, and the Fake News, is the reason for the market drop!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) March 9, 2020
Neft OPЕK+ bitimi barbod bo‘lgach va Saudiya Arabistoni neft narxini tushirish va uning qazib olinishi hajmini oshirishga qaror qilgandan keyin 26,5 foizga arzonlashib ketdi. Oxirgi savdolar vaqtida Brent turidagi neftning bir barreli 33,3 dollardan, WTI esa 29,8 dollardan sotilgan.
O‘tgan hafta oxirida OPЕKga a’zo davlatlar va Rossiya neft qazib olish hajmini cheklash bo‘yicha kelishuvni saqlab qolish borasida kelisha olmagan. Shundan keyin Saudiya Arabistoni neft narxini tushirishga va bozordagi ulushini oshirish uchun neft qazib olish hajmini ko‘paytirishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda koronavirus epidemiyasi sababli shundoq ham neftga taklif haddan ziyod ko‘pligi kuzatilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi