19:15 / 10.03.2020
4 631

Singapurlik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qildi

Singapurlik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
Singapurda shifokorlar yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida yuzaga kelayotgan kasallikning yangi belgilarini aniqladi, deb xabar beradi Lancet jurnaliga tayanib Daryo nashri.

Shifokorlarning aytishicha, koronavirus yuqtirib olgan bemorlarga dastlab denge bezgagi tashxisi qo‘yilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 57 yoshli erkak 9 fevral kuni yuqori tana harorati va yo‘tal bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning qonidagi trombotsitlar miqdori tushib ketgan, ko‘krak qafasining rentgen tasviri esa yaxshi bo‘lgan. Unda denge bezgagiga olingan tahlil natijalari qoniqarsiz chiqqan.

Keyinroq u shifoxonaga yuqori tana harorati bilan yana murojaat qilgan, uning trombotsit va limfotsitlari miqdori yanada tushib ketgan, yo‘tal va nafas qisilishidan azob chekkan. Ikkinchi marta o‘tkazilgan test unda denge bezgagi borligini ko‘rsatgan. Biroq ko‘krak qafasi koronavirusni aniqlash maqsadida yana rentgenga tushirilgan va testlar ijobiy chiqqan. Boshqa tahlillar esa unda bezgak yo‘qligini ko‘rsatgan.

Ikkinchi holatda esa 57 yoshli ayolga ijobiy test natijalaridan so‘ng denge bezgegi tashxisi qo‘yilgan, biroq tahillar unda koronavirus borligini ko‘rsatgan. Bemorning tana harorati yuqori bo‘lgan, mushaklarda og‘riq, yengil yo‘tal, ich ketishidan qiynalgan, biroq ikki kun o‘tgach uning ahvoli yomonlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapurlik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qildi