Foto : Torontosun
Xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus harorat Selsiy bo‘yicha 8,72 daraja bo‘lganda eng tez sur’atlar bilan tarqalishini aniqlashdi.
Bu haqda South China Morning Post nashrida ma’lum qilindi.
Olimlar o‘tkazgan tadqiqot Xitoyning 400 shahri va hududidan olingan ma’lumotlarga asoslangan. Olimlar virusning 20 yanvardan 4 fevralgacha tarqalishi ko‘lamini tahlil qilishgan. Ular kasallanganlar sonini havo harorati bilan solishtirishgan.
Natijada olimlar issiq mamlakatlarda koronavirus sekinroq tarqalishi haqidagi xulosaga kelishgan.
“Virus yuqori haroratga juda ta’sirchan. Bu uning issiqroq mamlakatlarda tarqalishiga to‘sqinlik qiladi”, deyilgan tadqiqotda.
Shu bilan birga, koronavirusga chalinish statistikasi virus sovuq va quruq iqlimdan tortib tropik iqlimgacha turli sharoitlarda tarqalishi mumkinligini ko‘rsatgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, bahor va yoz kelishi bilan havo haroratining ko‘tarilishi koronavirusga chalinish sur’atlari pasayishini kafolatlamaydi. Shu sababli davlatlar epidemiyaga qarshi o‘z xavfsizlik choralarini ishlab chiqishlari kerak.
Bu orada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Mayk Rayan epidemiya o‘z-o‘zicha o‘tib ketishini kutmaslik kerakligini aytgan. “Virus gripp kabi o‘tib ketadi deb o‘ylash – yolg‘on umid. Biz buni kuta olmaymiz. Buning isboti yo‘q”, deb aytgan Rayan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi