06:00 / 11.03.2020
3 155

Turkiyada masjid minorasi qulab tushdi

Turkiyada masjid minorasi qulab tushdi

Konyaning Halkapinar tumanida kuchli bo‘ron natijasida masjid minorasi uyning ustiga qulab ketdi. Moddiy zarar keltirilgan uy evakuatsiya qilindi.
Kechasi Xalkapinar tumanida yanada kuchli shamol turgani va bo‘ron kuchaygani butun tumandagi daraxtlarni ko‘chirib va uylarni tomlarini uchirib ketdi. Kusere tumanidagi Küsere ​​masjidining minorasi shamol yo‘nalishiga qarab qurilgan uyga ag‘darilgan.

Xabar berish bilan voqea joyiga politsiya va o‘t o‘chirish guruhlari yuborilgan. Politsiyachilar uyni tekshiruvdan o‘tkazishdi. Halkapinar tumani hokimi Ömer Kirach va shahar hokimi Mehmet Bakkal vayrona holiga kelib qolgan uyni ko‘zdan kechirdilar.

Minora ularning uylari ustiga to‘satdan qulaganini aytib, uy egasi Musa Soysal "Kechqurun g‘alati bo‘ron ko‘tarildi. Ertalab soat 4:00 atrofida 36 metr balandlikdagi minora birdaniga qulab tushdi. Biz uyda edik. Minora toshlari sekin asta to‘kila boshlagach, oila a’zolarimiz bilan bir xonada jon saqlashdan boshqa yo‘limiz yo‘q edi."

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada masjid minorasi qulab tushdi