
Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatidagi O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan Davlat daromadlari boshqarmasi(DDB) “Qoplonbek“ bojxona postining yetakchi mutaxassisi pora olishda ayblanib sudlandi. Bu haqda zakon.kz xabar bermoqda.
Turkiston viloyati korrupsiyaga qarshi kurash xizmati tomonidan bojxona postining yetakchi mutaxassisi Jilqibayevning pora olish fakti bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergovni yakunlagan va u tadbirkor Shintayevadan bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan iste’mol tovarlarini to‘siqsiz olib o‘tishi uchun $125 miqdorida pora olganlikda gumon qilingan.
27 fevral kuni Sariag‘ash tuman sudining hukmi bilan Jilqiboyev 1,5 million tenga ($3750) miqdorida jarimaga tortildi.
Shu bilan birga, sudlanuvchi umr bo‘yi davlat xizmatida lavozimni egallash huquqidan mahrum etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar